Sentabr oyining birinchi haftasi davomda saqlanib turgan, havo harorati me’yordan 2-5° ga yuqori bo‘lgan uzoq davr kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, O‘zbekistonga birinchi kuzgi sovuq kirib keldi.
8 sentabrda respublikaning shimoliga antisiklon kirib kelishi boshlandi, u Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo olib keldi. 9 sentabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oldi, harorat kechalari 14-17° gacha, shimolda 8-13° gacha, kunduz kunlari 27-32° gacha pasaydi.
Gidrometeorologiya xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika hududiga sovuq oqim kirib kelishi davom etadi va kunduz kungi harorat 24-27° gacha pasayadi va o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga past bo‘ladi. Respublikaning katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-haavo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shanba va yakshanba kuni sovuq antisiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari 12-15° gacha pasayadi, kunduz kunlari yesa asta-sekin isiydi va yakshanba kuni harorat 27-30° gacha ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?