date

O‘zbekistondagi ommaviy hojatxonalar talabga javob bermasligi aytilmoqda

O‘zbekistondagi ommaviy hojatxonalar talabga javob bermasligi aytilmoqda

O‘zbekistonda AYQShlar, istirohat bog‘lari va turizm obyektlarida jami qariyb 11 mingta ommaviy hojatxona mavjud. Turizm qo‘mitasi raisi .Abdulaziz Aqqulovning ma’lum qilishicha, ularning 4 mingga yaqini so‘nggi yillarda yangidan qurilgan.

Shunga qaramay, ayrim joylardagi sanitariya holati hanuz talab darajasida emas. Ayniqsa, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlarda tozalik va qulaylik masalasi muhim muammo bo‘lib qolmoqda.

Aqqulovning ta’kidlashicha, hojatxonalar ko‘p hollarda asosiy daromad manbai sifatida ko‘rilmagani uchun ularga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Shu bois mazkur obyektlarni muntazam nazorat qilish va xizmat sifatini oshirish zarurligi qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi ommaviy hojatxonalar talabga javob bermasligi aytilmoqda