BMW kompaniyasi yangi kompakt krossoverning konseptini namoyish etdi. X2 nomini olgan prototip Parij avtosalonida debyut qildi. Bu haqda "Carzone.uz" xabar berdi.
BMW konsept-karning hech bir texnik tafsilotini ma’lum qilganicha yo‘q. Autocar nashrining xabar berishicha, X2’ning gabarit uzunligi 4439 millimetrni, eni 1821 millimetrni, balandligi esa 1598 millimetrni tashkil etadi. Shunday qilib, yangi mashina uzunligi va eni bo‘yicha so‘nggi avlod X1 modeli bilan qariyb bir xil, biroq bo‘yi 14 millimetrga pastroq.
BMW X2’ning seriyalab ishlab chiqariladigan versiyasi nemis kompaniyasining old-uzatmali UKL platformasida tayyorlanadigan ikkinchi krossoveri bo‘ladi. Bu shassidan MINI, shuningdek, X1 va 2-Series Active Tourer modellarida ham foydalanilmoqda.
2018 yil ikkinchi choragida boshlanadigan ommaviy ishlab chiqarish davrida X2 hajmi ikki litrli, quvvati 191 ot kuchiga ega benzinli, shuningdek, 150, 190 va 230 ot kuchiga dizelli 2.0 dvigatellarda taklif qilinadi. Xaridorlarda olti bosqichli mexanik yoki avtomat uzatmalar qutisida ishlaydigan mashina tanlash imkoni bo‘ladi.
Ham old, ham orqa uzatma bilan sotiladigan modelning “kuchaytirilgan” M Performance versiyasi chiqarilishi ehtimoli ham yo‘q emas. Bunday to‘plamdagi mashinaga quvvati 300 ot kuchiga teng, hajmi ikki litr bo‘lgan turbomotor o‘rnatilishi kutilmoqda.
BMW rahbariyati X2 ishlanmasini 2015 yil mayida tasdiqlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi