10 326
Xonanda Botir Qodirov Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi
Xonanda Botir Qodirov o‘n sakkizinchi bor tashkil etilgan Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Abror Po‘latov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
«Pekin xalqaro turizm festivali yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan Botir Qodirov ijodiy jamoasi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi», — deydi Abror Po‘latov.
Ma’lum qilishlaricha, festival davomida Botir Qodirov jamoasiga ijodiy hamkorlik masalasida, Shanxay, Xunan va Pekindagi boshqa xalqaro festivallarda qatnashish, Yaqin Sharq va Evropa bo‘ylab bir oylik musiqiy turne uyushtirish bo‘yicha takliflar tushgan.
«Bir so‘z bilan aytganda, festival chin ma’noda do‘stlik va hamkorlik bayramiga aylanib ketdi deydi», — deydi Abror Po‘latov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekindagi xalqaro turizm festivalida xonanda Botir Qodirovning jamoasidan tashqari, «Sirdaryo navolari» raqs dastasi va taniqli raqqosa Parizoda ishtirokidagi ansambl ham ishtirok etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Daryo nashri “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi