Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston sportchilari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlarida 8 oltin, 6 kumush va 17 bronza medalni qo‘lga kiritib qaytishgan edi.
Joriy yilning 24 sentyabr kuni ushbu nufuzli musobaqada Qashqadaryo viloyatidan ishtirok etgan sportchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan sportchilarimizni kutib olishga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, “Kamolot” faollari, sportchilar, paralimpiyachilarimizning ota-onalari, OAV vakillari yig‘ildi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.
Joriy yilgi sport mavsumida O‘zbekiston farzandlari dunyoning nufuzli musobaqalari - XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlarida butun jahonga mamlakatimizning ulkan salohiyatini namoyon qildi. Ajdodlari buyuk millatning avlodlari ham buyuk ishlarga qodirligini, yurtimiz yoshlarining mardlik va jasoratda, shijoat va matonatda, iqtidoru iste’dodda hech kimdan kam emasligini, aksincha, manaman degan davlat yoshlaridan ustun ekanini isbotladi.
- Sportchilarimizning Paralimpiya o‘yinlaridagi har bir chiqishini katta hayajon bilan kuzatib bordik, - deydi kutib olishga chiqqan nuroniylarimizdan biri. - Bu natijalar, medallar mustaqilligimiz asoschisi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar mevasidir.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar paralimpiyachilarimizning bu yuksak g‘alabasi xalqimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlaganini, mamlakatimizda mustaqillik yillarida sportni rivojlantirishga, bu jarayonda jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning ulkan samarasini butun dunyoga namoyon qilganini alohida ta’kidladilar.
Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, ishtirokchilari, ularning ota-onalari va murabbiylari Qarshi shahrida qad rostlagan Amir Temur ko‘prigi bo‘ylab sayohat qildilar.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi