"Sport" kanali orqali efirga uzatilgan "Futbol sharhi" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘lgan taniqli mutaxassis Islom Ahmedov terma jamoalar va klublar bosh murabbiylari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hozirgi O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari bosh murabbiylari ahvoliga havas qilmayman. Boisi, ularda futbolchilarni jamoaga tanlab olish uchun imkoniyat keng emas. Sababi, klublarimiz bosh murabbiylari yaxshi saviyadagi futbolchilarni tarbiyalamay qo‘yishdi. Terma jamoalar bosh murabbiylar 5 kun ichida yaxshi futbolchini tarbiyalay olishmaydi.
O‘zPFL yordamida dekabr oyi so‘ngida Oliy liganing 16ta klubi bosh murabbiylarini yig‘dik va zamonaviy mashg‘ulot o‘tkazish borasida ma’ruza o‘qidim va amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rsatib berdim. Buni kim tushundi, qaysi murabbiy tushunmadi, bilmadimu, ammo jamoalarning yanvar oyidagi mashg‘ulotlariga e’tibor bersam, barchasi yana o‘sha o‘zi o‘rganib qolgan eski tizimda ishlayotgan ekan. Ularning birortasi zamonaviy asosda ishlashni istamadi. Ularning birortasi yangilikka intilmaydi. Oliy liga klublarining tayyorgarlik jarayoni achinarli ahvolda.
Bundan tashqari Oliy liga klublarimiz atrofida turli mish-mishlar ko‘payib ketgan. Klub homiysi jamoaga pul berganidan keyin klub prezidenti va jamoa murabbiyini taklif qilib, natija talab qilish bilan birga sifatni ham talab qilishi lozim. Jamoa murabbiylari va futbolchilari zamonaviy ishlashsin, o‘yinni o‘stirishsin, yaxshi o‘yin ko‘rsatishsin. Shunda turli mish-mishlar o‘z-o‘zidan yo‘qolib, muxlislar stadionga qaytishadi. Bugungi kunda biz muxlislarni yo‘qotib qo‘ydik-ku. Bizning birinchi galdagi vazifamiz muxlislarni stadionlarga qaytarish bo‘lishlari kerak. Shu bois terma jamoalar bosh murabbiylariga achinaman", - deydi Islom Ahmedov.
Manba: www.stadion.uz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi