Janubiy Koreya hukumati Google kompaniyasining kartografik ma’lumotlardan mamlakat tashqarisida foydalanish yuzasidan berilgan so‘rovini Shimoliy Koreya bilan aloqador ziddiyatlar sabab rasman rad etgan. Terabayt.uz saytining yozishicha, Google Janubiy Koreyaga qarashli kartografik ma’lumotlarni o‘z servislari orqali ushbu mamlakat hududida piyoda va avtomobillarni oson navigasiya bilan ta’minlash maqsadida dunyoning turli burchaklaridagi serverlarga joylamoqchi bo‘lgan.
Avvalroq Janubiy Koreya rasmiylari agar qidiruv giganti o‘zining sun’iy yo‘ldosh bilan bog‘liq servislaridan rejimli ob’ektlarning suratlarini o‘chirsa, yuqoridagi so‘rovga ijobiy javob berishini ma’lum qilishgan edi. Biroq Google mazkur shartga rozilik bermagan. Janubiy Koreyaning er, transport va dengiz ishlari vazirligi agar Google kompaniyasi qo‘yilgan shartlarni bajarishga rozilik bersa, ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda