7 110
WhatsApp, Skype va Viber 2014 yilda Rossiya mobil operatorlarini 20 milliard rubldan mahrum qildi
J’son & Partners Consulting kompaniyasi ekspertlari 2014 yilda abonentlar messenjerlar va VoIP xizmatlaridan foydalangani tufayli Rossiya mobil operatorlari 20 milliard rubl (hozirgi kurs bo‘yicha qariyb 400 million dollar) daromaddan mahrum bo‘ldi. Bu haqda «Hi-Tech.Mail.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Mail.ru Group messenjerlari (birlashishi e’lon qilingan «Mail.ru Agent» va ICQ hamda ularning ichidagi «Odnoklassniki» va «VKontakte»da muloqot qilish imkoniyatlari) faqatgina Skype’dan ortda qolgan. Keyingi o‘rinlarda esa WhatsApp, Viber, QIP, Facebook Messenger bormoqda.
Operatorlar yo‘qotishlarni qanday yo‘l bilan qoplashi mumkinligi ma’lum qilinmagan. Biroq bu ularning umumiy daromadining atigi 2 foizini tashkil qiladi xolos. Jahon miqyosida esa ushbu xizmatlar tufayli operatorlar 2014 yilda 14 milliard dollar, 2013 yilda 32,5 milliard dollar yo‘qotgani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Dollar kursi yana «sakradi»