12:15 / 27.04.2024
216

Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi

Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
Xalqaro tadqiqot va konsalting kompaniyasi bo‘lgan International Data Corporation (IDC) so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida Xitoy smartfon bozoridagi o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizni tashkil qilgan.

Bu o‘sish birinchi navbatda mahalliy gigantlar Honor va Huawei kompaniyalari ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq. Honor o‘zining keng mahsulot portfeli, shu jumladan, sun’iy intellektga ega Magic 6 smartfonlari sotuvi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Huawei davom etayotgan ta’minot cheklovlariga qaramay, Honor'ga yetib olishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikki kompaniyaning yuqori ko‘rsatkichlari mamlakat Android bozorining o‘tgan yilga nisbatan 9,3 foizga o‘sishiga yordam berdi.

Skrinshot: Idc.com
Android bozorida qayta tiklanayotgan o‘yinchilarning qattiq raqobatiga duch kelgan Apple, 2023 yilning birinchi choragiga nisbatan joriy yilning shu davrida mahsulot yetkazib berishni 6,6 foizga qisqartirdi.

An’anaga ko‘ra sotuvlar ko‘payadigan Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayrami ham Apple kompaniyasiga mavqeyini mustahkamlashda unchalik yordam bermadi.

Past va o‘rta narx diapazoniga ega mobil qurilmalar, ayniqsa, sun’iy intellekt xususiyatlari joriy etilgan va displeylari yig‘iluvchi bo‘lgan gadjetlar xitoylik iste’molchilar orasida mashhurlikka erishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi