17:14 / 04.05.2024
187

Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)

Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Britaniyaning MG Motor kompaniyasi Auto China-2024 ko‘rgazmasida EXЕ181 deb nomlangan yangi elektr giperkar konsepsiyasini namoyish etdi. Mazkur superkar futuristik dizaynga ega bo‘lishiga qaramay, u 1950 yillarda tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatgan mashinadan ilhomlanib ishlab chiqilgan.

Foto: Europaplus
Mazkur elektrokarning tizerini MG Motor saytidan ko‘rish mumkin. Avtomobil aynan poyga uchun ishlab chiqilgani uning ruli, faqat haydovchi o‘rnidan iborat bo‘lishi hamda oziga xos dizaynidan bilib olish mumkin.

Foto: Europaplus

Foto: Europaplus
Mashinaning texnik xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan, biroq uning havoga qarshi koeffitsiyenti atigi 0,181 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich elektr superkarni dunyodagi eng aerodinamik mashinaga aylantiradi. Akkumulator va elektr tizimidan tuzilgan konsepsiya mashinani 415 km/soat tezlikka yetkazishi hamda 1,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishishiga zamin yaratadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)