Maktab xotiralariga qaytib
davomi
-Keksa ustoz Halim Abdurahmonovning o‘quvchi Islomjonni bu qadar e’zozlashining boisi nimada? – deya so‘radim maktab direktori Sayyora Malikovadan.
— Albatta, o‘qituvchi sinfda hammaga birday qaraydi. Hammaga birday ta’lim tarbiya beradi. Lekin hammaga birday mehr berolmaydi. Chunki, birovni birovga mehr bog‘lashi Xudodan. Halim Abdurahmonov Islomjonni ko‘rsatib, bu bolada bir xislat bor, hech kimda yo‘q bir fazilat bor, shu bolani Xudoga yoqadigan bir jihati bor, deya hamisha aytib yurarkanlar. Bir kuni odamlar, u qanday fazilat deya, so‘rayvergach, bir bo‘lgan voqeani aytib bergan ekanlar. 1952-1953 yillar, hali Stalin tirik paytda, Islom Abdug‘anievich 8-sinfni bitirib, yozgi ta’tilni tugatib, sinfdoshlari bilan Shahrisabzga borishni maqsad qiladi: “Mana shu tog‘ning narigi tarafida Shahrisabz shaxri bor. U erda buyuk sarkarda bobom Amir Temur hazratlari tavallud topgan. Men o‘sha joylarni ziyorat etishim shart,-deydi. Tabiiyki, u paytlarda Amir Temurni ziyorat qilish tugul, nomini aytishga odamlar qo‘rqardi. Islom bu haqda sinfdoshlariga aytganda, sinfdoshlari tum-taraqay qochib ketadi. Men ham Islomjonni omon saqlash uchun uni yo‘ldan qaytarishga rosa urindim, yalinib yolvordim, qo‘rqitdim, do‘q-po‘pisa qildim, ammo barcha harakatlarim zoe ketdi. Islomjon o‘sha yozda Shahrisabzga yayov borib keldi. Men bu haqda gap chiqmasligiga qancha harakat qilsam ham butun maktab bu voqeadan voqif bo‘ldi. Men Islomjonni mardligiga tan berganman. Islomjon bobosi Amir Temurni ardoqlardi, unda Amir Temurning shijoati bor edi, shu sabab ham Islomjonni Amir Temurning ruhi bir umr qo‘llab kelgan bo‘lsa ajab emas.
(Xudo shohid, ushbu so‘zlarni Sayyora Malikovadan qanday eshitgan bo‘lsam shundayicha so‘zma-so‘z yozayapman. Hozir yig‘idan boshqa, to‘g‘ri so‘z yozishdan boshqa hech narsa ko‘nglimga sig‘maydi. Bu so‘zlar mening bo‘ynimdagi qarz so‘zlar edi. Muhtaram Prezidentimiz tirikliklarida bu so‘zlarni yozishim kerak edi. Ammo istihola qilganman. Kelinglar, tirikligimizda bir-birimizdan mehrimizni ayamaylik, muhabbatimizni izhor qilishdan tortinmaylik.)
Shoir, Muxammad ISMOIL
Manba: diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi