12 sentyabr — Qurbon hayiti bayrami kuni — dam olish deb e’lon qilindi. 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev shu haqdagi qarorni imzoladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
«O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12 sentyabr dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016 yil 12 sentyabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin», — deyiladi hujjatda.
Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, milliy qadriyatlarga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda