17:57 / 06.05.2024
299

Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi

Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Foto: Getty Images
Xitoy rahbari Si Szinpin mustaqil Falastin davlatini yaratishni Yaqin Sharqdagi mojaroni hal etishning zaruriy sharti deb atadi. Uning so‘zlarini Fransiyaning Le Figaro nashri keltirdi.

Szinpin 5 may kuni rasmiy tashrif bilan Fransiyaga keldi. U fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan ikki davlat munosabatlari, shuningdek, muhim xalqaro masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan.

Falastin—Isroil mojarosi bizni tashvishga solmoqda. Asosiy yechim mustaqil Falastin davlatini yaratishdir. Tarix qayta-qayta ko‘rsatganidek, doimiy beqarorlik asosan BMT rezolyutsiyalarining amalda bajarilmasligi, ikki davlat tamoyilining yemirilishi va Yaqin Sharqda tinchlik jarayonidan og‘ish bilan bog‘liq”, — degan Si Szinpin.

Shu bilan birga, Xitoyning Tayvanga nisbatan pozitsiyasi ham BMT rezolyutsiyalariga asoslanadi. Shu fonda Si Szinpin Fransiyani mintaqadagi vaziyatni tartibga solish uchun hamkorlik qilishga chaqirgan.

Tegishli bayonot Xitoy raisining Fransiyaga tashrifi fonida e’lon qilingan. Szinpin fikricha, davlatlar Yaqin Sharqda tinchlikni tiklashga yordam berish uchun hamkorlikni kuchaytirishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi