11:16 / 08.05.2024
822

Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi

Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Foto: Getty Images
Xitoy rahbari Si Szinpin Fransiyaga tashrifi chog‘ida Emmanuel Makronni e’tiborsiz qoldirib, uni kamsitdi. Bu haqda “Patriotlar” partiyasi yetakchisi Florian Filippo X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Filipponing ta’kidlashicha, Szinpin Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Leyen bilan ko‘proq muloqot qilgan.

"Makron kamsitilgan va masxara qilingan! U Ursula fon der Leyenni taklif qilish orqali o‘zining bo‘ysunuvchi pozitsiyasini namoyish etdi: Si haqiqiy xo‘jayinni aniqladi va u bilan ko‘proq suhbatlashdi, oxir-oqibat Fransiya prezidentiga e’tibor bermadi", — deb yozdi u.

M.V. Lomonosov nomidagi MDUning Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti direktori Aleksey Maslov Szinpinning Fransiyaga tashrifi yakunlarini izohlagan. Ekspertning ta’kidlashicha, Makron Xitoy rahbarini Rossiyaga bosim o‘tkazish zarurligiga ishontira olmagan. Pekin, uning so‘zlariga ko‘ra, unga shart qo‘yishga urinishlarga salbiy munosabatda.

Makron va Xitoy rahbari ushrashuv chog‘ida mustaqil va barkamol Falastin davlatini yaratish tarafdori bo‘lgan. Pekin va Parij Falastin 1967 yilgi chegaralar ichida mavjud bo‘lishi kerak, deb hisoblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi