Elektr tarmoqlari uchun to‘lov hisobi nega baland chiqyapti, deb bosh qotiryapsizmi? Shunday maishiy texnikalar borki, ulardan kun davomida qisqa fursatga foydalansangiz ham, juda ko‘p elektr energiyasi sarflaydi. Quyida qaysi texnikalar eng ko‘p tok “yeyishini” ko‘rib chiqamiz.
Portativ isitkich
Foto: Marie Claire
Qishning sovuq kunlarida vaqtincha foydalaniladigan isitkichlar juda ko‘p energiya sarflaydi. Qurilma soatiga taxminan 1500 vatt quvvatda ishlaydi. Shu jumladan konditsioner ham.
Idish yuvish mashinasi
Foto: Marie Claire
Bugungi kunda idish yuvish mashinasi eng qulay qurilmalardan bo‘lib, vaqtingizni tejashga xizmat qiladi, ammo mazkur texnika sizga qimmatga tushishi mumkin. Bu qurilma nafaqat maxsus yuvish vositalarini, balki ko‘p elektr energiyasini ham talab qiladi — har soatda taxminan 1350 vatt energiya ketadi.
Fen
Foto: Marie Claire
Soch quritkichdan uzoq vaqt foydalanish ham soatiga 1000 dan 1875 vattgacha energiya sarf qiladi. Fen xarid qilishdan avval ushbu parametrga e’tibor berishni unutmang.
Dazmol
Foto: Marie Claire
Kiyimlaringizni dazmollash ko‘p energiya talab qilmasligi mumkin, lekin dazmolning o‘zi soatiga taxminan 1200 vatt quvvat sarflaydi, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan dazmollashni talab qiladigan choyshablar va murakkab kiyimlarni dazmollasangiz, bu energiya hisobingizga ta’sir qilishi mumkin.
Toster
Foto: Marie Claire
Nonni qizartirib olish yoki pitssani isitish bir necha daqiqa vaqt oladi, ammo o‘sha paytda juda ko‘p energiya sarf etiladi. Toster soatiga taxminan 1150 vatt elektr energiya iste’mol qiladi.
Havo namlagich
Foto: Marie Claire
Havo namlagichlar quruq havoda ishlatish uchun juda yaxshi texnika, lekin agar u energiya tejaydigan model bo‘lmasa, har soatda 1000 vattgacha quvvat ketishi mumkin.
Mikroto‘lqinli pech
Foto: Marie Claire
Mikroto‘lqinli pechlar turli quvvat darajalarida ishlaydi, o‘rtacha model 600 dan 1500 vattgacha energiya iste’mol qiladi. Ayniqsa muzlagan go‘shtni eritish vaqtida ko‘p miqdorda tok ketadi.
Kofe qaynatkich
Foto: Marie Claire
Har kuni ertalab qahva ichishni yoqtirsangiz, uni tayyorlash uchun qancha energiya kerakligini bilishingiz lozim. Qahva qaynatgich soatiga o‘rtacha 600 dan 1200 vattgacha elektr energiya sarflaydi.
Changyutkich
Foto: Marie Claire
Mikroto‘lqinli pech singari changyutkich ham modeliga qarab o‘rtacha 300 dan 1000 vattgacha energiya iste’mol qiladi.
Elektr choynak
Foto: Marie Claire
Agar elektr choynakni kuniga 3-4 marta yoqsangiz, u holda sizga 600-700 vatt kerak bo‘ladi, lekin butun oila uni to‘xtovsiz ishlatsa, ko‘rsatkichlar ikki yoki uch baravar yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik suvni qayta isitmaslik uchun qolgan qaynoq suvni termosda saqlashni afzal ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi