
Kilian Mbappe PSJni Chempionlar ligasi bosh sovrinisiz tark etadigan bo‘ldi.
Fransiya chempioni yarim finalda Dortmundning “Borussiya” klubi qarshiligini yenga olmadi va har ikki uchrashuvda ham bir xil – 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Musobaqani tark etgan Kilian Mbappe o‘yindan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi:
- Raqib jarima maydonchasi ichida yaxshiroq o‘ynadi. Men oilam va muxlislarga achindim. Biz qo‘limizdan kelganini qilishga urindik, lekin bu yetarli bo‘lmadi. Bu mavsum biz uzoqqa borishimiz mumkinligini ko‘rsatdik, - dedi Kilian Mbappe.
25 yoshli hujumchi Yevropa Chempionlar ligasining bu mavsumida 12 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar