22:57 / 08.05.2024
127

Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi

Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi
Foto: Reuters
Hindistonda maxsus xizmatlar fuqarolarni Ukrainadagi urushga targ‘ib qilgan 4 nafar shaxsni hibsga oldi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Hindiston maxsus xizmatlari mamlakat bo‘ylab, 13 ta hududda reyd o‘tkazgan. Shubha ostidagi bir qancha shaxslar so‘roq qilingan.

Hindiston federal tergov agentligining bildirishicha, odam savdosi tarmog‘iga aloqador bo‘lgan to‘rt kishi hibsga olingan. Ular mahalliy yigitlarni Ukrainadagi urushga jalb qilgan. Asl niyat oshkor aytilmay, yoshlarga Rossiyada daromadli ish va universitetga kiritib qo‘yish va’dalari berilgan.

Markaziy tergov byurosi ma’lum qilishicha, hibsga olingan to‘rt nafar hindistonlik tarjimon, viza rasmiylashtiruvchi va aviachiptalarni bron qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bo‘lgan. Shuningdek, Janubiy Kerala va Tamilnadu shtatlarida ham ular uchun ishlagan ikki nafar shaxs aniqlangan.

Hibsga olinganlar 35 nafar hindistonlikni aldab, tuzog‘iga ilintirgani aytilgan. Ular tomonidan Rossiyaga ishlash uchun yuborilgan ikki hind allaqachon frontda halok bo‘lgani aytilgan.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya armiyasi safida 20 nafarga yaqin hindistonlik borligini bildirgan. Ularni mamlakatga qaytarish uchun harakat qilinayotgani bildirilgan.

Askarlarning aytishicha, ularga jangovar bo‘lmagan rollar va’da qilingan, ammo Ukrainaga jo‘natilishdan oldin avtomat va boshqa qurollardan foydalanishga o‘rgatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi