13:52 / 06.05.2024
208

Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi

Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Foto: Telegram / synegubov
Rossiya harbiylari Xarkiv markaziga uchta aviatsiya bombasi bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda 5 may, yakshanba kuni viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 15 dan ortiq ko‘p qavatli uylar, xususiy uylar, avtomobillar, ishlamayotgan sport majmuasi, ma’muriy binolar zarar ko‘rgan. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jabrlangan. Kamida to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonada.

Sinegubov, shuningdek, Xarkiv viloyatining Kupyansk tumanidagi bir qator qishloqlar o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Otishma natijasida 88 yoshli ayol halok bo‘ldi, kamida ikki kishi yaralandi.

Xarkiv meri: Deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron qilingan

Aprel oyining oxiridan beri rus qo‘shinlari Xarkivga deyarli har kuni boshqariladigan havo bombalarini tashlamoqda. Shahar meri Igor Terexov aytishicha, otishmalar natijasida shaharning deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron bo‘lgan.

Bloomberg agentligiga ko‘ra, intensiv o‘qqa tutish orqali Rossiya armiyasi Xarkivni tinch aholi yashashi uchun yaroqsiz holga keltirishga umid qilmoqda, shuningdek, shaharga hujum qilishga hozirlik ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi