10:16 / 08.05.2024
451

Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi

Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda tug‘ilishning umumiy darajasini oshirishni buyurdi. Bu Kreml saytida e’lon qilingan farmonda ma’lum qilingan.

Hujjatda milliy maqsadga erishish zarurligi ko‘rsatilgan. Bularga quyidagilar kiradi: aholi sonini kamaymasligini ta’minlash, odamlar salomatligini mustahkamlash va farovonligini oshirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash.

Farmonda tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 2030 yilga borib 1,6 nafarga, 2036 yilga kelib esa 1,8 nafarga yetishi lozimligi qayd etilgan. Bu uchinchi va undan keyingi bolalarning umumiy tug‘ilish koeffitsiyentining yillik o‘sishini ham anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada so‘nggi yillarda yana aholining kamayishi ro‘y bermoqda.

Rosstatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisi 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 146 million 203 ming 613 kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 244 ming kishiga kamroq.

2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 146 million 447 ming 424 kishini tashkil etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi