Foto: Muslim.uz
8 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Unda, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Jaloliddin Hamroqulov o‘rniga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Zayniddin Eshonqulov 1976 yilda tug‘ilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Shuningdek, Misr Arab Respublikasidagi «al-Azhar» universiteti malaka oshirish kursini o‘tagan.
U mehnat faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Hofiz Ko‘hakiy», «Imom Buxoriy» jome masjidlarida imom-xatib va O‘zbekiston musulmonlari idorasida turli vazifalarda xizmat qilgan. 2014 yildan buyon esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Payariq tumani «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi