8 941
Qozog‘iston prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, Tatyana Karimovaga hamdardlik bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun O‘zbekistonga ishchi tashrifi davomida Samarqandda Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Nursulton Nazarboyev Samarqanddagi Hazrati Xizr masjidi hududidagi Islom Karimov qabriga gullar qo‘ydi va Islom Karimovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Qozog‘iston rahbari yig‘ilganlarga yuzlanib, Islom Karimov bilan uzoq yillar davomida do‘st bo‘lib kelgani, u bilan hamisha bir-birini yaxshi tushungani haqida so‘zlagan.
"Ishonaman, o‘zbekistonliklarning keyingi avlodi hamisha Islom Karimovni yodda saqlaydi. Uning merosi, davlat arbobi sifatidagi faoliyatidan qozonilgan tajribalar kelgusi avlod tomonidan o‘rganiladi. U amalga oshirgan ishlar esa o‘zbek xalqi tarixiga oltin harflar bilan bitiladi. U butun dunyoga xalq farovonligi uchun mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirgan islohotchi sifatida ma’lum siyosiy etakchi edi. Biz buyuk insonni yo‘qotdik", degan Nursulton Nazarboyev.
Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti ikki xalqning tarixiy aloqalari mustahkamlanishidagi o‘rnini e’tirof etgan.
"Qozoq va o‘zbek xalqlari har doim bir-biriga elkadosh bo‘lgan. Biz Islom Abdug‘anievich bilan 1998 yili Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi oldida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi bitimni imzolaganmiz va bizning munosabatlarimiz har doim shu bitimga asoslangan. Qozog‘iston har doim o‘zbek xalqining yonida bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi", deya qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.
Shuningdek, qo‘shni davlat rahbari ishchi tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan alohida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi