Iordaniya qiroli Abdulla II amaldagi bosh vazir Xani al-Mulkiyga yangi hukumat shakllantirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Ilgariroq Milliy kengash quyi palatasiga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga ko‘ra al-Mulkiy boshchiligidagi vazirlar mahkamasi iste’fo bergan edi. Iordaniya qiroli iste’fo talabini qabul qildi. Yangi hukumat shakllantirilguniga qadar amaldagi vazirlar mahkamasi o‘z vazifasini bajarib turadi. Bu jarayon bir hafta davom etishi mumkinligi aytilmoqda.
May oyining oxirida Abdulla II quyi palatani tarqatib yuborib, o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri al-Mulkiyga yangi hukumat shakllantirishni topshirgan edi. Yangi hukumatning vazifasi sifatida umummilliy saylovlarni tashkillashtirish va o‘tkazish belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi