5 958
AQSh Janubiy Koreyada bundan keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishi ma’lum bo‘ldi
AQSh Janubiy Koreyada bunday keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishini tasdiqladi. Bu Shimoli-Sharqiy Osiyodagi o‘z ittifoqdoshlarini Pxenyanning yadro va raketa tahdididan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar qildi Ryonxap agentligiga asoslanib Kun.uz nashri.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv Vashingtonda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Son Nam va mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Yu Chje Sonning AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Kantrimen hamda mudofaa vaziri o‘rinbosari Devid Sher bilan uchrashuvi chog‘ida tasdiqlandi.
"Rasmiy shaxslar Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidiga javoban AQShning strategik mudofaa tizimlarini Koreya Respublikasi himoyasi uchun doimiy ravishda joylashtirish majburiyatini tasdiqladi", - deya bayonot so‘zlarini keltiradi agentlik.
AQSh Janubiy Koreyaga joriy yil boshida B-52 strategik bombardimonchi va ko‘rinmas-qiruvchi samolyotlarni jo‘natgandi. Bu KXDRning yadro sinovlariga javoban amalga oshirildi.
"AQSh 2016 yilda Koreya Respublikasiga mudofaa tizimini kuchaytirish choralari orqali o‘z majburiyat va qat’iyatini ko‘rsatib berdi", - deya ta’kidlanadi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro bosim va qattiq sanksiyalarga qaramay o‘zining atom va raketa sohalaridagi dasturini to‘xtatishdan bosh tortmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi