
Arxiv foto: Independent
G‘azo hududida aniqlangan ommaviy qabrlardan topilgan jasadlarning kamida 20 tasi tiriklayin ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda G‘azo fuqarolik mudofaasi tashkiloti tarqatgan xabarlarga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, G‘azodagi ommaviy qabrlarda topilgan o‘nta jasadning qo‘llari bog‘langan holatda bo‘lgan. Shu dalilga asoslanib, jasadlar tirik holatda ko‘milgani taxmin qilinmoqda.
“Biz tiriklayin ko‘milgan deb taxmin qilayotgan jasadlarning kamida 20 tasini sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazishimiz kerak”, — degan Falastin fuqarolik mudofaasi tashkiloti a’zosi Muhammad Mug‘er.
Nosir kasalxonasidagi ommaviy qabrlardan topilgan ba’zi jasadlar bolalarga tegishli ekani ma’lum qilingan. Bolalar jasadlari qoldiqlari haqidagi foto va videodalillar taqdim etilgan.
Bir qancha arab nashrlari g‘azolik asirlar tiriklayin ko‘milishi borasida Isroil harbiy ma’muriyatiga savollar yo‘llagan. Ma’muriyat murojaatni e’tiborsiz qoldirgan.
G‘azo HududiOmmaviy QabrTiriklay Ko‘milganFuqarolik MudofaasiMuhammad Mug‘erArab Nashrlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar