Bir yil muqaddam, Braziliyada restayling qilingan Cobalt namoyish qilingan edi. Aslida, ushbu sodda va ancha arzon bo‘lgan, birinchi galda rivojlanayotgan mamlakatlar bozori uchun mo‘ljallangan sedan Lotin Amerikasi mamlakati avtomobilsozlari tomonidan barpo etilgan. Shunga qaramay, tashqi ko‘rinishi sezilarli yaxshilangan sedan Janubiy Amerika mintaqasidan bosh hududlarda, hozircha, paydo bo‘lgani yo‘q. Va nihoyat, yaqinda internet tarmog‘ida GM Uzbekistan kompaniyasining Asakadagi zavodiga oid xabarlar paydo bo‘ldi: bu erda restayling qilingan Kobaltni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan fotosuratlardan aytish mumkinki, ushbu zavodda ishlab chiqiladigan sedan Janubiy Amerika avtomobilidan umuman farq qilmaydi. Uning saloniga oid suratlar hozircha mavjud emas, dvigateli esa, o‘zgarmaydi, deyish mumkin. O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi Kobaltlarga 106 ot kuchiga ega, 1,5 litrli motor o‘rnatiladi. Buning uchun respublikada yiliga 360 ming donagacha avtomobil dvigatellari ishlab chiqaruvchi zavod barpo etilgan.
Aytish joizki, hozircha, gap Chevrolet savdo belgisi ostida avtomobillar ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. GM Uzbekistan zavodi ichki bozor uchun shu belgidan foydalanadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiyaga Ravon savdo belgisi bilan etkaziladi. Shunga ko‘ra, Cobalt — bu Ravon R4 hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ilk avlod sedanlar Rossiyaga yaqinda etkazib berila boshlangani hisobga olinsa, yangisi haqida o‘ylash hali erta, deyish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi