Internetning rusiyzabon segmentida Minskda yashovchi yigitning gilam bilan qorda "olishuvi" videosi ommalashmoqda. Bu kulgili videoda yosh yigit "indamas" sparring-sherigida o‘zini himoya qilish usullarini mashq qilgan ko‘rinadi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Internet foydalanuvchilar bunday "murosasiz" olishuvni e’tiborsiz qoldira olishmagan. "Menimcha, bu gilam uning rafiqasini olib ketganov", deb hazillashgan foydalanuvchilardan biri. "Gilamlar huquqini himoya qilish jamiyati, qayerdasiz? Va bu kuppa-kunduz kuni bo‘lmoqda", deb o‘z "hayratini" yashira olmagan yana bir foydalanuvchi. Boshqa bir foydalanuvchi esa erkakning o‘zidan xavotirlangan: "Gilamda pichoq bo‘lganda yoki u bir o‘zi bo‘lmaganda nima bo‘lardi?".
Biroq, ko‘pchilik yigitning mashq qilishga intilishini qo‘llab-quvvatlashgan va jang usullarini haqiqiy sparring-sheriksiz va qimmatbaho maneken va trenajyorlarsiz ham mashq qilishga imkon beruvchi usuliga tan berishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...