9 148
Lola Karimova Los-Anjelesdagi "Oltin globus" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti, marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi. Bu haqda CAFB.Asia'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Lola Karimova-Tillaeva "Oltin globus" qizil yo‘lakchasida Tom Ford libosida ko‘rinish bergan. Uzun oqshom ko‘ylagi ilon terisi printlari ishlangan bo‘lib, uni sharf va oq mo‘yna to‘ldirib turibdi.
Qizil yo‘lakchada Lola Karimova-Tillaevadan tashqari ko‘plab Hollivud yulduzlari suratga tushishdi.
"Oltin globus" kinomukofotining 74 - taqdimot marosimi 8 yanvardan 9 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Hilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolarga bog‘liq holatni nazoratga oldi
Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi