Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Xilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Rayan Gosling va Emma Stoun mazkur filmda ijro etgan bosh rollari uchun mukofotga loyiq deb topildi.
«Oy nuri» (Moonlight) eng yaxshi dramatik film deb topildi. «Eng yaxshi dramatik aktyor» yo‘nalishida «Manchester» (Manchester by the Sea) filmida bosh rolni ijro etgan Keysi Afflek g‘olib bo‘ldi. Izabel Yupper esa «U» (Elle) filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktrisa deb tan olindi.
Eng yaxshi dramatik serial «Toj» (The Crown) bo‘ldi. «Eng yaxshi animasion film» yo‘nalishida mukofotni «Hayvonlar mamlakati» (Zootopia) multfilmi qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?