O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti butun xalqimizni chuqur qayg‘uga soldi. Kuni kecha o‘zbekistonlik sportchilar Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritib qaytganida xalqimiz juda quvongan edi. Olimpiada sovrindorlariga Prezident Farmoni bilan pul mukofotlari hamda Malibu avtomobili taqdim etildi. Biroq shunday quvonchli kunlarda sportchilarning qo‘lini siqib, farzandlarini g‘alaba bilan qutlash Prezident Islom Karimovga nasib etmadi. Aslida o‘zing ekkan niholning mevasini eyishdanda totli on yo‘q. Islom Karimov farzandlarining zafar quchganini ko‘rdi, to‘yni to‘yonasiz qo‘ymadi, biroq quvonch to‘la ko‘zlarni yoshlatib ketdi.
Xalqimiz boshiga tushgan og‘ir musibat Olimpiada sovrindorlarining kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.
Shahobiddin Zoirov, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi:
– Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashganda har birini bag‘riga bosib, ularning buyuk kelajak barpo etishiga ishonishini ta’kidlardi. Ha, Prezidentimiz biz, yoshlarga xuddi, ota farzandiga, bobo nevarasiga ishongandek ishonardi.
Biz, yoshlar ham Yurtboshimizga suyanardik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida har bir aytgan so‘zi, har bir ishi bizni ruhlantirar edi. Ana shunday mehr va e’tibor tufayli o‘zbek yoshlari dunyo maydoniga chiqdi, ko‘ksini kerib, dunyoning manaman degan davlati sportchilari bilan tengma-teng bellashishga qodir ekanini isbotladi.
XXXI yozgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdim. Bu medalimni ona Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga bag‘ishladim. Bu g‘alabam yuksak baholanib, Yurtboshimizning 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandim.
Prezidentimiz Islom Karimovning mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz va bunga javoban keyingi Olimpiadalar va nufuzli xalqaro musobaqalarda ham Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangrashi uchun kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi