Shvesiyaning Tefficient operatori statistikasiga ko‘ra, Finlyandiya smartfonlar eng ko‘p ishlatiluvchi davlat ekan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
2016 yil 1-yarmida finlar Tefficient tomonidan tuzilgan, Evropa va Osiyoning 32 davlatidan iborat reytingda 2-o‘rinni egallagan Janubiy koreyaliklardan 2 marta ko‘proq mobil telefondan foydalanganlar. Bu vaziyatdan xavotirlangan Xelsinki sog‘liqni saqlash departamenti kichkina bolalar ota-onalarini ustuvor yo‘nalishlarini o‘zgartirishga chaqiruvchi kampaniyani boshladi. Ko‘plab ota-onalarning jahlini chiqargan videorolikda qora qarg‘a qizchaning onasi smartfonga tikilib o‘tirgan paytda, qizchani plyajdan olib ketadi. Undagi shior quyidagicha yangraydi: "Mas’uliyatsizlik – zamonaviy zo‘ravonlik". Bu bilan mualliflar ba’zi onalar farzandi bilan o‘ynash o‘rniga smartfon bilan haddan ko‘p vaqt o‘tkazishlarini, otalar esa umuman farzandlarining hayotida ishtirok etmasliklarini ta’kidlamoqchi bo‘lganlar.
Finlyandiyadagi eng yirik operator Elisa’ning vakili fikricha, finlyandiyalik ota-onalar o‘z o‘smir farzandlari izidan borib, ularning smartfonda ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni varaqlash yoki videoni ko‘rish odatlarini o‘zlashtirmoqdalar. Finlyandiyada 5,5 mln aholi bo‘lgan bir paytda mobil operatorlar tarif rejalariga ulanganlar soni 10,9 mlnni, ya’ni bir kishiga 2 tani tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi