7 629
O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari etkazib beruvchi asosiy davlat bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari etkazib beruvchi etakchi davlat bo‘lishi mumkin, chunki Lotin Amerikasi va Afrikadan keltiriluvchi mahsulot sifat bo‘yicha ancha orqada. Bu haqda Moskvada Federasiya kengashi va MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari matbuot-anjumanida aytildi, deb xabar bermoqda "Kun.uz" nashri.
"O‘zbekiston o‘z salohiyatiga ko‘ra bizning bozorga meva-sabzavot mahsulotlari etkazib beruvchi o‘nlab davlatlarning o‘rnini bosishi mumkin, shu bilan birga Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari mahsulotlaridan ancha ustunroq bo‘lgan mahsulotlarni. Buning uchun imtiyozlar yaratish kerak", deb aytdi Federasiya kengashining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Vladimir Jabarov.
Uning aytishicha, O‘zbekistonda etishtirilgan meva va sabzavotlar a’lo sifatli bo‘lib, Yangiyo‘l tumani, Farg‘ona viloyati bu borada ilg‘ordir. "Biz ular bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ya olamiz, buning uchun katta salohiyat mavjud. Ular bizning aloqalarga katta qiziqish bildirmoqdalar", deb aytdi Jabarov.
Senatorning aytishicha, O‘zbekiston 2017 yilda MDH davlatlariga 1 mln tonnagacha meva-sabzavot mahsulotlarini etkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
MDH iqtisodiy rivojlanishi amaliy markaziy bosh direktori Vladimir Savchenko O‘zbekiston shuningdek maishiy texnika etkazib beruvchisi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
"Ular faol rivojlanmoqdalar. O‘zbekiston bozorlarimizga kelmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlar maishiy texnika etkazib bermoqda, bundan tashqari, ular dunyo standartlarida qabul qilingandek, ularga xizmat ko‘rsatishni ham o‘z zimmasiga olmoqda", deb aytdi Savchenko. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi