AQSh prezidenti ma’muriyati mamlakat prezidenti sayloviga aralashgani uchun Rossiyaga qarshi choralar, sanksiyalar, diplomatik cheklovlar qo‘yish istagida. Bu haqda “Washington Post” nashriga asoslanib Qalampir.uz xabar berdi.
Rossiyaga qarshi qo‘llaniladigan choralar shu haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Barak Obama ma’muriyati, shuningdek, Rossiyaga qarshi kiberhujum ham uyushtirishi mumkin. Bundan maqsad esa maxfiy operasiyalar haqida ma’lumot to‘plashdir.
AQShda 2015 yilda xorijdan qilingan kiburhujumga qarata javob berish huquqini beruvchi qonun kuchga kirgan. Avvalo, AQSh saylovlarga haqiqatan ham Rossiya aralashganini isbotlovchi dalil taqdim etishi lozim.
2016 yil iyul oyida AQSh demokratik partiyasining serverlari hakerlar hujumiga uchragandi. O‘shanda Hillari Klinton bunga Rossiyani ayblagandi.
Oktyabr oyida esa AQSh hukumati rasman Rossiyani prezident sayloviga aralashganlik va Amerika partiyalari pochtalariga hujum uyushtirganlikda aybladi. O‘z navbatida, Kreml bunday ayblovni rad etdi.
10 dekabr kuni AQSh markaziy razvedka boshqarmasi Rossiya prezident saylovida Donald Trampning g‘alabasini ta’minlash uchun yordam ko‘rsatgani haqida xulosa qildi. Kreml spikeri Dmitriy Peskov bu holatga “asossiz ayblov”, deya ta’rif berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi