10:54 / 18.02.2015
6 312

AQSh generali Ukraina geografiyasini yomon bilgani uchun tanqidga uchradi

AQSh generali Ukraina geografiyasini yomon bilgani uchun tanqidga uchradi

Evropaga joylashtirilgan AQSh quruqlikdagi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qiluvchi general-leytenant Ben Xodjes Ukraina geografiyasini yaxshi bilmagani uchun tanqidga uchradi. Bu haqda The Herald nashri xabar berdi.

O‘tgan haftada Xodjes The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida Mariupol Qora dengiz bo‘yida joylashgan deb yubordi. Aslida Mariupol Azov dengizi bo‘yida joylashgan.

Generalning aytishicha, bu ma’lumot The Herald’da paydo bo‘lgandan keyin u kulgiga qolgan.

“Meni geografiyani yaxshi bilmasligimda tutib olganingizdan afsusdaman. Men o‘zimni ahmoqona his qildim. Hattoki qo‘l ostimdagi jamoa ham ustimdan kulib yurdi… Men keksayib qolgan odamman, xaritalarni yoqtiraman va doim ularga qarab turaman. Mariupol Azov dengizi bo‘yida joylashganini bilardim. Shunchaki o‘sha kuni yanglishib ketgandim”, deb munosabat bildirdi Xodjes.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh generali Ukraina geografiyasini yomon bilgani uchun tanqidga uchradi