GM Uzbekistan yaqin vaqt ichida ikkita yangi global avtomobil modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GM Korea prezidenti va ijrochi direktori Serjio Rocha Seulda tashkillashtirilgan o‘zbek—koreys biznes forumida ma’lum qildi. Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Jahon» axborot agentligi xabariga ko‘ra, Rocha bugun O‘zbekistonda zamonaviy avtomobillar, tejamkor dvigatellar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta to‘laqonli, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan zavod tashkil etilganini e’tirof etgan.
«Biz dunyoning boshqa mamlakatlarida ikkitadan ko‘p avtomobil rusumlarini ishlab chiqarmaymiz. Ammo O‘zbekistonda 9 ta global avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniya ikkita yangi global avtomobil modellarini ishlab chiqarish, GM Powertrain Uzbekistan negizida yanada kuchli avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish, O‘zbekistondagi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq korxonalarni GM’ning global etkazib berish tarmog‘iga kiritish, avtomobil uzellari, ehtiyot qismlar, transmissiyalar, amortizatorlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda», — dedi Rocha. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi