O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2018 yilning 1 iyunidan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ular o‘quv jarayoniga darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish, butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning mavjud bo‘lishi, har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni ushbu o‘quv qo‘llanma bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturlarining mavjud bo‘lishi, har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik kartalar bilan ta’minlash, har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko‘p auditoriyalarning mavjud bo‘lishi kabi sharoitlarga ega bo‘lishi talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi