O‘zbekistonda 2018 yilning ilk choragi – yanvar-mart oylari yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2017 yilning shu davriga nisbatan 44,7 foizga oshdi va 38,03 ming mashinani tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aks ettirilgan.
Shuningdek, 1-chorakda 485 dona yuk mashina ishlab chiqarilgan va bu 2017 yilning 1-choragiga nisbatan 44,8 foiz kamroqni tashkil qilgan. 2017 yilning ilk choragida 879 dona yuk mashina ishlab chiqarilgandi.
Avtobuslar ishlab chiqarilishi ham 2017 yil 1-choragiga nisbatan 34,1 foiz kam bo‘lgan: 2017 yil 1-choragida 208 dona avtobus ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yil 1-choragida bu ko‘rsatkich 137 donani tashkil qilgan.
Shu bilan birga traktorlar ishlab chiqarish 6,1 martaga – 432 donagacha oshgan.
O‘zbekiston korxonalarida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi ko‘rilayotgan davrda 43,5 foizga oshgan va 30,4 ming donani tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi