16:48 / 01.11.2016
7 679

Samarqand shahrida 10 oy mobaynida 30 million yo‘lovchi tashildi

Samarqand shahrida 10 oy mobaynida 30 million yo‘lovchi tashildi

Samarqand shahrida 21 ta avtobus jamlanmasi, 46 ta yo‘nalishsiz taksi va 1 ta yo‘nalishli mikroavtobus korxonasi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Carzone.uz xabar bermoqda.

Viloyatda ishlab chiqarilgan avtobuslardan 444 tasi 61 ta yo‘nalishda aholiga xizmat qilayotgan bo‘lsa, 1,5 mingdan ortiq yo‘nalishsiz taksilar yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin qilmoqda.

Ularda joriy yilning 10 oyida 30 million nafar, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 milliondan ko‘proq mijozga xizmat ko‘rsatildi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida shahardagi 12 ta gavjum bekatlarda avtobus jetonlari savdosi tashkil etildi.

«Samarqandtransmarkazi» tomonidan 100 ga yaqin avtobus zamonaviylariga almashtirildi. «Samarqand — Payariq» yo‘nalishida qatnovchi avtobuslar terminallar bilan jihozlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Samarqand shahrida 10 oy mobaynida 30 million yo‘lovchi tashildi