Elektromobillarning shovqinsiz harakatlanishi afzallik sifatida talqin etiladi, ammo muayyan nozik holatlarda uning zarari ham bor. Mashinaning baland ovoziga o‘rgangan piyoda va velosipedchilar transport yaqinlashayotganini sezmaganligi ortidan baxtsiz hodisa kelib chiqishi hech gap emas. AQSh transport vazirligi qoshida joylashgan yo‘llardagi harakat xavfsizligi Milliy boshqarmasi (NHTSA) tashabbusi bilan endilikda elektromobilsozlarga yangi talab qo‘yiladigan bo‘ldi. Yangi federal standart bo‘yicha gibrid va elektrli transport ishlab chiqaruvchi konsernlar mashinaga shovqin hosil qiluvchi moslama o‘rnatishi shart, deb yozmoqda Carzone.uz sayti.
Qonun mualliflari uqtirishicha yangi talab ko‘zi ojiz va xira ko‘radigan hamda beparvo piyodalarga yordam beradi. Elektromobilga shovqin uskunasi qo‘shilishi yillik YTHlar sonini 2,4 mingga qisqartirishini ekspertlar ta’kidlamoqda.
To‘g‘ri, elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yangi talab uchun tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi. Qonun 2019 yilning 1 sentyabridan kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi