Toshkentda yuk tashuvchi motosikllar ishlab chiqariladi

  • 09 aprel 2015, 21:23
  • 8 917
  • Avto
  • Toshkentda yuk tashuvchi motosikllar ishlab chiqariladi

    Chang Hao Group MChJning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Lifan rusumli yuk tashuvchi motosikllar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

    Korxona asoschisi King Changning so‘zlariga qaraganda, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan oldin kompaniya O‘zbekiston bozorini o‘rganib chiqqan va aholi orasida yuk motosikllarining mashhurligini aniqlagan. Bu mashinalarning qulayligi shundaki, kundalik hayotimizda olib yurishimizga to‘g‘ri keladigan yuk yengil avtomobilga sig‘maydi, ayni paytda, bunday ish uchun hamma ham yuk mashinasini xarid qilavermaydi. Bu borada, Changning fikricha, yuk tashuvchi motosikl eng yaxshi echimdir.

    Ayni paytda ishlab chiqarishning birinchi bosqichi amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning doirasida fermerlarga mo‘ljallangan mototexnika ishlab chiqarish korxonasi ishga tushiriladi. Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi va yo‘nalishi kengaytirib boriladi.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda yuk tashuvchi motosikllar ishlab chiqariladi