10:13 / 05.05.2024
140

Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...

Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq, lekin salomatlik nuqtayi nazaridan, yomonroq yashashadi. Sog‘liqni saqlash sohasida gender tengsizlik tahlilini o‘tkazgan olimlar shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Lancet Public Health jurnalida e’lon qilindi.

Ekspertlar dunyodagi kasalliklarning 20 ta asosiy sababini tahlil qilishdi va isbot talab qilmas haqiqatni yana bir marta tasdiqlashdi — ayollar chindan ham erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rishadi, lekin buning uchun qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishadi?!

Surunkali kasalliklar, xususan, tayanch-harakatlanish tizimi, ruhiyatdagi buzilishlar bilan doimiy kurashib yashashadi. Qolaversa, bosh og‘rishi — uzoq umr ko‘rishi aytilayotgan ayollarning doimiy yo‘ldoshi.

Erkaklar esa erta o‘limga olib keluvchi kasalliklarga ko‘proq chalinishadi, jumladan, yurak-qon tomir hamda nafas yo‘llari orqali yuquvchi xastaliklar. Bundan tashqari, turli jarohatlar erkaklarning umriga nuqta qo‘yuvchi asosiy omillardan sanaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...