23:05 / 05.05.2024
276

Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"

Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Zeytullayev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Umuman o‘yinni 2 qismga ajratish mumkin. Birinchi bo‘limni hamma ko‘rdi. Tezkor gol ruhan ta’sir qildi deb o‘ylayman. Bunday vaziyatga tushganda butun jamoa bo‘lib harakat qilish kerak. Ikkinchi bo‘limda jamoa hujumkor va agressiv o‘yin ko‘rsata olishini isbotladi. Hamma narsa ruhiy holatga borib taqalmoqda. Bitta o‘yinn yutib olsak barchasi iziga tushib ketadi", - deydi Zeytullayev.

- Jamoa tarkibidagi himoya va boshqa chiziqlarda raqobat yo‘q. Raqobat futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarkibda raqobat yo‘qligi qanchalik muammo tug‘dirmoqda?
- Hozir himoyachilar haqida gapirish noto‘g‘ri. Bu yerda e’tiborni boshqa joyga qaratish kerak. G‘alabani butun jamoa qo‘lga kiritganidek, mag‘lubiyatni ham butun jamoa bosh murabbiy bilan birga qabul qiladi. Demak men va shtab qayerdadir xato qildik. Yigitlarning ko‘zida katta ishtiyoq ko‘rinib turibdi. Ularni sobiq futbolchi, murabbiy sifatida tushunaman. Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak. Bunday vaziyatlarda har bir futbolchi va murabbiy javobgarlikni zimmasiga olishi kerak.

- Jamoada aynan qaysi kamchiliklarni bartaraf etish kerak deb hisoblaysiz?
- O‘tgan 2 haftada juda yaxshi shug‘ullandik. Bugun "Surxon" ustidan yutishimizga ishongandim. "Surxon" birinchi bo‘limda juda sifatli futbol ko‘rsatdi. Barcha pozitsiyalarni yopdi va qarshi hujumga o‘tdi. Murabbiylar shtabi bilan birga o‘yin tasvirini ko‘rib chiqamiz. Xatolarni tahlil qilamiz. Jon saqlash uchun kurashishda davom etamiz.

Futbolchilar ayni paytdagi vaziyatni his qilib turibdi. "Bunyodkor"da doim bosim bo‘ladi. Barcha javobgarlikni bo‘ynimga olaman. Maydonga hech kim yutqazish uchun chiqmaydi. Futbolchilarda xarakter bor va ishonamanki birgalikda qiyin holatdan chiqib ketamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"