Matiz’ning yangi qiyofasi haqida tarqalgan mish-mishlar bo‘yicha «O‘zavtosanoat» raddiya berdi

  • 01 mart 2017, 12:41
  • 5 564
  • Avto
  • «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda GM Uzbekistan AJ ishlab chiqargan Matiz modelidagi avtomobilning tashqi ko‘rinishi haqida tarqalgan foto-materiallar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
    Matiz’ning yangi qiyofasi haqida tarqalgan mish-mishlar bo‘yicha «O‘zavtosanoat» raddiya berdi

    «GM Uzbekistan AJ jamoatchilikka shuni bildiradiki, chiqarilayotgan mahsulotlar, o‘tkazilayotgan aksiyalar va boshqa tadbirlar haqidagi ishonchli axborot faqat www.gmuzbekistan.uz va www.uzavtosanoat.uz rasmiy saytlarida, shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifada e’lon qilinadi», — deyiladi kompaniya xabarida.

    Unda ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalarda tarqatiladigan xabarlar va ma’lumotlar rasmiy emas va GM Uzbekistan faoliyatiga aloqasi yo‘q.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Matiz’ning yangi qiyofasi haqida tarqalgan mish-mishlar bo‘yicha «O‘zavtosanoat» raddiya berdi