09:26 / 18.10.2018
47 972

3 ta bank boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit taqdim etmoqda

3 ta bank boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit taqdim etmoqda
GM Uzbekistan AJ xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida bugungi kunda avtokredit taqdim etayotgan tijorat banklari faoliyatini o‘rganib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 18 ta tijorat banki turli shartlarda avtokredit xizmatini taklif etishmoqda.

Ular orasida dastlabki to‘lov miqdori 0% bo‘lgan banklar ham mavjud. Xususan, “Ravnaq bank”, “Oriyent Finans Bank”, “Turkiston bank” tomonidan dastlabki to‘lov mavjud bo‘lmagan taqdirda ham avtokredit taqdim etilmoqda. Bunda mijoz o‘z tomonidan kredit to‘lovining garovi sifatida bozor bahosi avtomobil narxidan 125% baland bo‘lgan mulkni yoxud shuncha miqdorda sug‘urtani amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Bunday kreditlarning muddati 36 dan 60 oygacha, yillik stavkasi 24-28 %ni tashkil qiladi.

Masalan, agar siz Nexia 3 LT 2-poz. XATB “Ravnaq bank”ning 5 yil muddatga yillik 26% stavkada avtokreditini rasmiylashtirsangiz, oylik to‘lov o‘rtacha 2,6 mln. so‘mni tashkil qiladi.

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar xaridi uchun tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlarning batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali keltirilgan ro‘yxatda tanishishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 3 ta bank boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit taqdim etmoqda