date

Endi yangi “aqlli” kameralar haydovchini yuzidan taniy boshladi

Endi yangi “aqlli” kameralar haydovchini yuzidan taniy boshladi

O‘zbekistonda yuzni aniqlash funksiyasiga ega “aqlli” kameralar ishga tushirildi. Yangi tizim haydovchi shaxsini yuzi orqali tanib, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan fuqaro rulga o‘tirganini avtomatik aniqlaydi.

Ma’lum qilinishicha, bunday holatda qoidabuzarlik elektron tarzda onlayn rasmiylashtiriladi. Ya’ni inspektor ishtirokisiz ham ma’lumotlar tizim orqali qayd etilib, tegishli chora ko‘riladi.

Qoidalarga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasiz transport boshqarish 50 BHM — 20,6 mln so‘m jarimaga sabab bo‘ladi. Agar qoidabuzarlik takroran sodir etilsa, jazo 50–100 BHM — 20,6 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha oshishi, yoki 2–3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha olib borishi mumkin.

Qayd etilishicha, tizim sinov bosqichidayoq bir nechta qoidabuzarliklar aniqlangan. Yaqin vaqtda ushbu amaliyot yo‘l nazoratida yanada keng qo‘llanilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Endi yangi “aqlli” kameralar haydovchini yuzidan taniy boshladi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari