21:44 / 16.11.2018
7 330

«Damas» va «Labo» bo‘yicha ariza qabul qilish to‘xtatildi

«Damas» va «Labo» bo‘yicha ariza qabul qilish to‘xtatildi
«GM Uzbekistan» avtomobillarning onlayn xaridi bo‘yicha yangi Uzavtosavdo.uz tizimi ishga tushirilganidan boshlab «Damas» va «Labo» avtomobillariga bo‘lgan arizalar inventarizatsiya qilinganligini ma’lum qildi.

Bugungi kungacha 128 274 arizalar mavjud (shundan: 99 563 «Damas» va 28 711 «Labo» avtomobillariga).

2018 yilning 7 noyabr kuni «O‘zavtosanoat» AJda bo‘lib o‘tgan press-brifingda ushbu modeldagi avtomobillarning ishlab chiqarish hajmi 2018 yilda 42 ming donani tashkil qilishi, ushbu ko‘rsatkichni 2019 yilda 54 mingga yetkazish ko‘zda tutilgani ma’lum qilingandi.

Kompaniya ushbu modellarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha qo‘lidan kelgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi, deyiladi «GM Uzbekistan» axborotida.

Ayni damda barcha arizalar kompaniya tomonidan xronologik tarzda, ular qoldirilgan sanaga qarab tahlil qilinyapti.

Shunday qilib, 2018 yilning 8 noyabr holatiga xronologik tartibda ariza qoldirgan sanalar bo‘yicha dastlabki to‘lovni amalga oshirish uchun 27 000 dona shartnoma mavjud. Ushbu shartnomalar 2019 yilning 6 oylik ishlab chiqarish hajmini o‘z ichiga oladi. Ushbu xaridorlar yozma va SMS tarzda bildirish olishadi.

Kunlik yangilanadigan ro‘yxat bilan «GM Uzbekistan» rasmiy saytida quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://gmuzbekistan.uz/damas_clients/list.pdf

Mavjud arizalar bo‘yicha tekshiruvlar oxiriga yetkazilgunga qadar ushbu modeldagi avtomobillarga yangi arizalar qabul qilinishi vaqtincha to‘xtatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Damas» va «Labo» bo‘yicha ariza qabul qilish to‘xtatildi