17:38 / 17.12.2018
8 035

Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi

Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan (1015-son, 14.12.2018 y) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Mazkur Nizomga ko‘ra yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya’ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo‘ladi.

Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  • pasport;
  • haydovchilik guvohnomasi;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma;
  • garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan so‘ng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi