10:22 / 06.03.2019
6 972

Jenevadagi “eng tezkor avtomobil” taqdimoti (foto)

Jenevadagi “eng tezkor avtomobil” taqdimoti (foto)
Jenevada oʻz ishini boshlagan xalqaro avtosalonda eng tezkor giperkar Pininfarina Battista taqdim qilindi. Eʼtiborlisi, u elektr energiyada ishlaydi.

Pininfarina Battista afsonaviy dizaynerlik uyi asoschisi sharafiga atalgan. U Italiyada yaratilgan eng kuchli va eng tezkor avtomobil nomini oldi. Uning kuch qurilmasi 1900 ot kuchini tashkil qiladi. Mashina 186 km/soat tezlikka 12 soniyadan kamroq vaqt ichida erisha oladi. Unga faqat Ferrari va Lamborghini raqobatchilik qilishi mumkin.

Automobili Pininfarina kompaniyasi rahbari Mixail Pershkening taʼkidlashicha, bu holda yuqori unumdorlik va elektr dvigatel bir-birini istisno qiluvchi tushunchalar hisoblanmaydi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jenevadagi “eng tezkor avtomobil” taqdimoti (foto)