17:43 / 24.07.2019
4 012

Jarimani 60 kunda to‘lamaganlar «Avtokon» orqali aniqlanmoqda

Jarimani 60 kunda to‘lamaganlar «Avtokon» orqali aniqlanmoqda
Foto: IIBB matbuot xizmati
Toshkentda YPX inspektorlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi xodimlari hamkorlikda YHQni buzib, belgilangan muddatda jarimani to‘lamagan haydovchilarning transport vositalarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni boshlashdi.

Bundan tashqari, poytaxt hududida va YPX postlari orqali shaharga kirish/chiqishda 20 ta avtomatlashtirilgan «Avtokon» komplekslari faoliyat yuritishmoqda. Ular avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) to‘lov muddatini kechiktirgan «qarzdorlar» ro‘yxatiga kiritilgan avtomobillarni aniqlaydilar.

Ikki kun – 22 va 23-iyul yakuni bo‘yicha, «Avtokon» tizimi yordamida o‘z vaqtida jarima to‘lamagan 35 889 ta transport vositalari aniqlandi. Shulardan 970 nafar transport egalari bugungi kunda jarimani to‘lab bo‘lishdi. 122 ta transport vositalari jarima maydonchasiga joylandi.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Shunda o‘zingizni ham, o‘zgalarni ham hayotini asragan bo‘lasiz. Agar YHQni buzgan bo‘lsangiz, jarimani o‘z vaqtida to‘lang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jarimani 60 kunda to‘lamaganlar «Avtokon» orqali aniqlanmoqda