Aktyor Umid Iskandarov rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq aktyor bunday gap-so‘zlarni inkor etib kelayotgan edi, deb yozadi «Darakchi.uz».
Bugun Umid Iskandarovning rafiqasi Renata Iskandarova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktyor rafiqasini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tabrikladi. Umid Iskandarov she’riy tabrigida rafiqasiga hammaning xush ko‘rgan insoni, kimdir uchun esa eng sevimli bo‘lishni, g‘am chekmaslik va baxtli kunlarni unutmaslikni tilagan.
Renata Iskandarova mazkur tabrikka javoban “Rahmat, Umid, ta’sirli she’r uchun!”,—deb yozib qoldirgan.
Renataning yaqin dugonasi, aktrisa Shahzoda Matchonovaning tabrigi e’tiborimizni tortdi. Mazkur tabrikda Shahzoda Renataga hayotida uni butun qalbi bilan sevadigan inson bo‘lishini tilagan.
“Mening qadrli insonim! Bizning qo‘g‘irchog‘imiz, tug‘ilgan kuning bilan! Hayoting o‘zing kabi chiroyli bo‘lsin! Har doim hayotdan mamnun, yorqin va samimiy tabassum qiluvchi inson bo‘l! Hayotingda butun qalbi bilan seni sevadigan inson bo‘lsin!”,—deb yozdi Shahzoda Matchonova. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda