17:02 / 18.08.2017
7 398

Madaniyat vaziri: “San’atkorlarga iltimos tugul iltijo qilyapmiz, ammo natija yo‘q”

Madaniyat vaziri: “San’atkorlarga iltimos tugul iltijo qilyapmiz, ammo natija yo‘q”
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda vazir so‘z olib, qaratilayotgan e’tibor, ko‘rsatilayotgan yo‘l-yo‘riqdan keyin ham san’atkorlardan o‘zgarish bo‘lmayotganini, xonandalar mamlakat hayotida bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi bilan yashamayotganini tanqid ostiga oldi.

“3 avgust kuni Prezidentimiz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda juda ko‘p takliflar o‘rtaga tashlandi. Ushbu uchrashuvdan keyin biz siz san’atkorlarning og‘zingizni poyladik, biror taklif berishingizni, bizga nima xizmat deb maydonga chiqishingizni kutdik. Prezidentimiz “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish vazifasini yuklaganalaridan keyin sizlarning men bu klubga o‘zimning qanday ulushimni qo‘sha olaman, deyishingizni kutdik. Natija bo‘lmagach, o‘zimiz sizlarga murojaat qildik. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Prezidentning bu tashabbusiga biz ham o‘zimizning ijodiy ishlarimiz bilan javob berishimiz kerakmi yoki yo‘q?”, deydi Baxtiyor Sayfullaev.

Vazir oldinda turgan yirik tadbirlar haqida gapirib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Mustaqillikning 26 yilligi bayram tadbirlari uchun qo‘shiq yozib bering deb, san’atkorlarga iltimos qilinayotgani, bu iltimos iltijoga aylanganini, lekin javobsiz qolayotganini aytadi. Uning so‘zlariga qaraganda, san’atkorlardan O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Ortiq Otajonov, aka-uka Eshjonovlar, Yulduz Usmonova, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitovagina “O‘zbekkonsert”ning taklifini rad etmay, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishgan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vaziri: “San’atkorlarga iltimos tugul iltijo qilyapmiz, ammo natija yo‘q”